Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 mln kishidan oshdi
2020 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1,009 mln kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi.
Foto: Advantour
Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat bo‘lib qolmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 oktabr holatiga doimiy aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi:
- Samarqand viloyati – 3,928 mln kishi
- Farg‘ona viloyati – 3.802 mln kishi
- Qashqadaryo viloyati – 3,318 mln kishi
- Andijon viloyati – 3,172 mln kishi
- Toshkent viloyati – 2,977 mln kishi
- Namangan viloyati – 2,852 mln kishi
- Surxondaryo viloyati – 2,667 mln kishi
- Toshkent shahri – 2,654 mln kishi
- Buxoro viloyati – 1,939 mln kishi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,916 mln kishi
- Xorazm viloyati – 1,884 mln kishi
- Jizzax viloyati – 1,403 mln kishi
- Navoiy viloyati – 1,009 mln kishi
- Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.
Mavzuga oid
13:21 / 25.02.2026
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
12:39 / 25.02.2026
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
07:23 / 24.02.2026