Statistikaga köra, Toşkent şahri aholisining örtaça yoşi 32,7 yoş bölib, mamlakatda eng yuqori körsatkiçni taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Buxoro viloyati (31,1 yoş), Toşkent viloyati (31 yoş), Navoiy viloyati (30,1 yoş) va Farğona viloyati (30 yoş) qayd etilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida aholining örtaça yoşi 29,8 yoşni taşkil qilgan bölsa, Andijon va Xorazm viloyatlarida bu körsatkiç 29,5 yoşga teng bölgan.
Şuningdek, Namangan viloyatida aholining örtaça yoşi 29 yoş, Sirdaryo viloyatida 28,7 yoş, Samarqand viloyatida 28,5 yoş va Jizzax viloyatida 28,4 yoşni taşkil etgan.
Eng yoş aholi Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. Xususan, Qaşqadaryo viloyati aholisining örtaça yoşi 27,7 yoş, Surxondaryo viloyatida esa 27,4 yoşni taşkil qilgan.
Mutaxassislar qayd etişiça, aholining örtaça yoşi demografik jarayonlar, tuğiliş darajasi, migratsiya va aholining yoş tarkibi bilan bevosita boğliq hisoblanadi.












