Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Yevropadagi kuchlari qo‘mondonligi maxfiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Mashg‘ulotlarda Shtutgartdagi shtabning urush holati yuz berganida NATO ittifoqchilari kuchlarini harakatga keltirish layoqati tekshiruvdan o‘tkazilgan.
AQShning Yevropadagi qurolli kuchlari qo‘mondonligi maxfiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Stars and Stripes nashri.
Nashrning yozishicha, mashg‘ulotlarda Shtutgartdagi shtabning urush holati yuz berganida NATO ittifoqchilari kuchlarini harakatga keltirish layoqati tekshiruvdan o‘tkazilgan.
19-23 oktabr kunlari o‘tkazilgan Austere Challenge 2021 mashg‘ulotlariga AQSh va NATO qurolli kuchlarining 4400ga yaqin harbiy xizmatchilari jalb etilgan. Mashg‘ulotlar davomida urush boshlanganida alyans ittifoqchilari qanday harakatlanishi modellashtirildi, dedi general-mayor Jon Boyd nashrga bergan intervyusida.
Mashg‘ulotlar ssenariysi tafsilotlari sir saqlanmoqda. Yevropadagi qo‘mondonlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar barcha piyoda, dengiz, havo, kiber va kosmik kuchlarni harakatga keltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan.
Yevropadagi qo‘mondonlik Austere Challenge mashg‘ulotlarini 1990-yillardan buyon o‘tkazib keladi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026