Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy qilinadi
AOKAda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev maktabgacha ta'lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy qilinishi haqida gapirdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinadi.
Xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.
Bolalarning o‘sishi va rivojlanishi hamda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi ishga tushiriladi, unga kiritiladigan ma'lumotlarning shaffofligi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
20:14 / 04.02.2026
“Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i shakllantiriladi
13:39 / 27.01.2026