Jahon | 08:00 / 27.10.2020
5594
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada dunyodagi eng katta quyosh fermasi quriladi 

Avstraliyada 20 mlrd dollarga 10 GVtlik quyosh fermasi quriladi. Newcastle Waters deb nomlanadigan ushbu fermada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning uchdan ikki qismini Singapurga eksport qilish rejalashtirilgan. 

Sun Cable kompaniyasi quyosh panellari asosidagi dunyodagi eng katta elektr stansiyasi qurishini e'lon qildi. Stansiya Avstraliyaning Darvin vaa Alis-Springs shaharlari orasida joylashadi.

Loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida tasdiqlanishdan o‘tsa, stansiya 2023 yildan qurilishi boshlanadi, 2026 yilda ishga tushiriladi, 2027 yildan esa Singapurga elektr energiya yetkaza boshlaydi.   

Sun Cable bosh direktori Devid Griffinning ta'kidlashicha, elektr stansiyani fazodan ko‘rish mumkin bo‘ladi.

“Stansiya quriladigan joy bejiz tanlanmagan – quyosh fermasi temir yo‘l stansiyasi yaqinida va shossedan 30 km uzoqlikda quriladi, bu esa logistik vazifalarni hal qilishni osonlashtiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan kompaniya rahbari.

Stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning uchdan bir qismi Darvin shahri ehtiyoji uchun ishlatilishi rejalashtirilgan. Qolgan qismi esa Singapurga suv osti kabellari orqali eksport qilinadi. Quyosh fermasi Singapurning elektr energiyaga ehtiyojining 20 foizini ta'minlaydi.

Stansiya qurilishi Avstraliya hukumati va avstraliyalik ikki milliarder - Mayk Kennon-Bruks va Endryu Forrest tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid