Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi
AQSh prezidenti lavozimi uchun ikki nomzoddan biri bo‘lgan Jo Bayden prezident saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi. Avvalroq uning raqibi - AQSh prezidenti Donald Tramp ham ovoz bergandi.
77 yoshli Bayden o‘z rafiqasi Jill bilan birga 28 oktyabrda Uilmington shahridagi (Delaver shtati) saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kelgan. U barcha gigiyenik ehtiyot choralariga amal qilib, himoya niqobida bo‘lgan. Saylov uchastkasi ichidan translatsiya olib borilmagan, biroq siyosatchi u yerdan chiqqach muxbirlarga o‘z fuqarolik burchini ado etib, ovoz berganini tasdiqlagan.
AQShning amaldagi prezidenti yanada ertaroq, 24 oktyabrda Uest-Palm-Bichdagi (Florida shtati) saylov uchastkasida ovoz bergandi. Hozirga kelib 70 mlndan ko‘proq amerikalik saylovlarda muddatdan oldin ovoz berib bo‘ldi. Saylovlarning asosiy kuni 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:50 / 17.09.2024
Bayden AQShda siyosiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi
11:40 / 16.09.2024
Bayden Tramp bilan yuz bergan hodisadan keyin Maxfiy xizmatni maqtadi
09:20 / 16.09.2024
Zelenskiy Baydenga «Ukraina g‘alabasi rejasini» taqdim etadi
17:20 / 11.09.2024