AQŞ prezidenti lavozimi uçun ikki nomzoddan biri bölgan Jo Bayden prezident saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi. Avvalroq uning raqibi - AQŞ prezidenti Donald Tramp ham ovoz bergandi.

77 yoşli Bayden öz rafiqasi Jill bilan birga 28 oktyabrda Uilmington şahridagi (Delaver ştati) saylov uçastkasiga ovoz beriş uçun kelgan. U barça gigiyenik ehtiyot çoralariga amal qilib, himoya niqobida bölgan. Saylov uçastkasi içidan translatsiya olib borilmagan, biroq siyosatçi u yerdan çiqqaç muxbirlarga öz fuqarolik burçini ado etib, ovoz berganini tasdiqlagan.  

AQŞning amaldagi prezidenti yanada ertaroq, 24 oktyabrda Uest-Palm-Biçdagi (Florida ştati) saylov uçastkasida ovoz bergandi. Hozirga kelib 70 mlndan köproq amerikalik saylovlarda muddatdan oldin ovoz berib böldi. Saylovlarning asosiy kuni 3 noyabrda bölib ötadi.