Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda ko‘chki oqibatida 46 kishi bedarak yo‘qoldi
Vetnamning Kuangnam provinsiyasida “Molave” to‘foni olib kelgan kuchli yomg‘irlar vaqtida yuz bergan ikki ko‘chki oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 46 kishi bedarak yo‘qoldi.
Foto: AP
Mutaxassislarning baholashicha, to‘fon oxirgi 20 yil davomida mamlakatga yopirilgan eng kuchli to‘fon bo‘ldi va katta talafotlarga olib keldi. Minglab uylar tomi uchib ketgan, yuzlab daraxtlar qo‘porilgan. 375 mingga yaqin kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan, yuzlab reyslar bekor qilingan, aeroportlar, maktablar va plyajlar vaqtinchalik yopilgan.
To‘fon vaqtida shamol soniyasiga 90 metr tezlik bilan esgan.
Bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk bunga qidiruv-qutqaruv ishlari va favqulodda vaziyatlarga javob berish milliy qo‘mitasi xodimlari jalb qilinganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
15:29 / 08.11.2025
«Kalmayegi» to‘foni Vetnamga yopirildi: halok bo‘lganlar bor
08:37 / 06.11.2025
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
13:41 / 26.06.2025