Mutaxassislarning baholaşiça, töfon oxirgi 20 yil davomida mamlakatga yopirilgan eng kuçli töfon böldi va katta talafotlarga olib keldi. Minglab uylar tomi uçib ketgan, yuzlab daraxtlar qöporilgan. 375 mingga yaqin kişi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan, yuzlab reyslar bekor qilingan, aeroportlar, maktablar va plyajlar vaqtinçalik yopilgan.
Töfon vaqtida şamol soniyasiga 90 metr tezlik bilan esgan.
Bedarak yöqolganlarni qidiriş işlari davom etmoqda. Vetnam boş vaziri Nguyen Suan Fuk bunga qidiruv-qutqaruv işlari va favqulodda vaziyatlarga javob beriş milliy qömitasi xodimlari jalb qilinganini ma'lum qilgan.












