Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada havodagi qurumdan olmos ishlab chiqildi
Britaniyada havodan olingan ugleroddan ekologik olmoslar ishlab chiqildi. Ushbu olmoslar fizik va kimyoviy jihatdan tabiiy olmoslarga o‘xshashdir.
Sky News nashrining xabar berishicha, Britaniyaning Ecotricity kompaniyasi havodan uglerodni so‘rib olib, uni olmoslarga aylantirish usulini ishlab chiqdi. Kompaniya buning uchun tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan.
Olimlar jamoasi havodagi qurumdan olmos olish texnikasini ishlab chiqishiga va bunday yo‘l bilan olingan olmoslar fizik va kimyoviy jihatdan tabiiy olmoslar bilan bir xilligiga ishonch hosil qilishiga 5 yildan ko‘proq vaqt talab etildi. Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu olmos dunyodagi birinchi ekologik sof olmos bo‘lib, uning olinishi uchun havodan uglerodni so‘rib oluvchi qurilma qo‘llanadi.
“Fikrimcha, bu XXI asr uchun ideal sohadir. U bizda haddan ko‘p bo‘lgan narsa – havodagi karbonat angidridni olib, uni bizga yoqadigan narsa – olmosga aylantiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Ecotricity kompaniyasi asoschisi Deyl Vins.
Olimlarning ta'kidlashicha, olmos olishning bu usuli sayyoramizga ziyon yetkazuvchi an'anaviy olmos qazib olish usuliga chaqiriq hisoblanadi. Ularning aytishicha, endilikda olmos qidirish uchun fazodan ko‘rinib turadigan ulkan o‘ralar qazishga hojat bo‘lmaydi.
Xalqaro gemmologik institut tomonidan sertifikatlashtirilgan yangi olmosni tayyorlash uchun 2 haftacha vaqt ketadi.
Ushbu olmoslarga 2021 yil boshidan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
10:50 / 21.10.2024