Jamiyat | 11:54 / 30.10.2020
10968
3 daqiqa o‘qiladi

Ota nidosi: “Yugurib yurgan o‘g‘lim to‘shakka mixlanib qolsa netay”

Inson duch kelishi mumkin bo‘lgan dardlar rang-barang. Ular orasida bemorni yillab azoblovchi, davolanishi qiyin va qimmatlari ham borki, bunday kasalliklarga duch kelganlar tushkunlikka tushadilar, har choraga ilinj bilan tikiladilar.

– Ayni paytda 20 yoshni to‘ldirgan o‘g‘lim Salohiddin Jo‘rayev 16 yoshidan buyon mana shu kasallik bilan kurashib keladi. “Miyacha ataksiyasi” deya nomlanadigan bu dard asta-sekin bolamning asab tizimini yemirib bormoqda.

Yugurib o‘ynab katta bo‘lgan, tuppa-tuzuk yurib turgan o‘g‘lim 16 yoshidan buyon shu kasallik bilan kurashib kelmoqda. Ayni paytda u yura olmaydi, oyoq-qo‘llari yaxshi ishlamaydi, – deydi qashqadaryolik Qamariddin Jo‘rayev.

Oilamiz bilan Qarshi tumanida ijarada yashaymiz. O‘g‘limni uzluksiz davolatish topgan-tutganimni olib ketyapti. Jo‘ralari ko‘rgani kelishganida bolamning ko‘zlaridagi mungga qarab, Salohiddin o‘rnidan turib yurishga harakat qilgan paytlari yiqilganini ko‘rib dunyolarga sig‘may ketaman. “Erkak kishi yig‘lamasin” deyishadi. Lekin bolang ko‘z o‘ngingda so‘lib boraversa – yig‘lamaslikning iloji bormi?! Ko‘rsa ko‘ngli battar cho‘kmasin deb, bir chetga o‘tib o‘kirib-o‘kirib yig‘layman...

Lekin umidimiz bor!

– Moskvadagi “Yusupov” shifoxonasida o‘g‘limning kasalligini o‘rganishdi va davolanish mumkinligini aytishdi. Hozir hammamiz zarur mablag‘ni to‘plashga harakat qilyapmiz. Agar buning uchun uyim bo‘lganida hech o‘ylanmay sotib yuborgan bo‘lardim. Ming afsuski, qo‘limiz qisqa. Yaxshilardan yordam so‘rashga majburmiz. Iltimos, o‘g‘limga yordam bering, butun umr duoda bo‘lay, – deya ko‘zi namlanib so‘zlarini tugatdi ota.

Salohiddin Jo‘rayevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 5184 4534 (Salohiddin Jo‘rayev nomida)

Visa: 4231 2000 0085 8794 (Shahnoza Jo‘rayeva nomida)

Sberbank: 4817760145665638 (Tursunboy Suyarov nomida)

Telefon: +998912226842 Salohiddin Jo‘rayev, +998919512148 Qamariddin Jo‘rayev

Vaziyatning murakkabligi shundaki, Salohiddin zarur muolajalarni olmasa, butun umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘z yigitning o‘zi va oilasi uchun bu nihoyatda jiddiy sinov bo‘ladi. Yurtdoshlarimiz orasida saxovatpeshalar bisyor, ular, albatta, yordam qo‘lini cho‘zadilar. Imkoni bo‘lmay turganlar esa duoga qo‘l ochganlarida shu bemorimizni ham esga oladilar.

Abror Zohidov

Mavzuga oid