O‘zbekiston | 16:13 / 31.10.2020
12897
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ishlari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Farrux Omonov Yoshlar ishlari agentligi direktorining  o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Foto: Farrux Omonov

Agentlik matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, Farrux Farxodjonovich Omonov hukumatning kecha, 30 oktyabrdagi qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Farrux Omonov shu paytga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining tadbirkorlik, axborot texnologiyalari va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Omonovning feysbuk sahifasida uning 1988 yilda tug‘ilgani, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi ekanligi ko‘rsatilgan. 

U bunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasida ham qator vazifalarda faoliyat olib borgan. 

Farrux Omonov Yoshlar ishlari agentligi direktorining tartib bo‘yicha uchinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Prezidentning «Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan tashkiliy tuzilma bo‘yicha agentlik direktori Alisher Sa'dullayevga hali yana bir o‘rinbosar tayinlanishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid