Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi
Foto: Shutterstock
Starlink internet kompaniyasi taqdim etayotgan internetning tezligi beta-test jarayonlarida o‘zining raqobatchilaridan deyarli 4 marotaba yuqori ekanligi ma'lum bo‘ldi.
PCMag nashrining xabar berishicha, Starlink internetining yuklab olish tezligi 80 Mbit/sekundgacha chiqqan, foydalanuvchilar tomonidan yuklash tezligi esa 13,8 Mbit/sekundni tashkil qilgan. Kompaniyaning asosiy raqobatchilari Viasat va HugesNet taqdim qilayotgan internet tezligi esa yuklab olish uchun 25 Mbit/sekundni, yuklash uchun bor yog‘i 3 Mbit/sekundni tashkil qilgan.

Ma'lum qilinishicha, ilk test sinovlari boshlangan iyul oyidan beri tezlik 2,5 barobar oshgan.
Ilon Maskka tegishli Starlink kompaniyasi sun'iy yo‘ldosh orqali taqdim qilayotgan internet xizmatlarini 27 oktyabrdan AQSh va Kanadada ochiq test qilish boshlandi. Xizmat uchun bir oylik abonent to‘lovi 99 AQSh dollarini tashkil qiladi. Starlink internet xizmatlaridan foydalanish uchun abonentlar, bundan tashqari, antenna bilan jihozlangan qurilma va Wi-Fi router sotib olishi kerak bo‘ladi. Bu texnikalarning umumiy qiymati AQShda 499 dollarga tushadi.

Mavzuga oid
19:57 / 15.02.2026
Frontdagi vaziyat: Ukraina Zaporijjya oblastida qarshi hujumga o‘tdi
18:01 / 10.02.2026
Qozog‘iston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qo‘shni davlatlar bilan baham ko‘rmoqchi
15:07 / 09.02.2026
Ukrainada Rossiya Starlink’dan uzishni qanday chetlab o‘tayotgani aytildi
18:16 / 05.02.2026