Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qo‘shni davlatlar bilan baham ko‘rmoqchi
Starlink Qozog‘iston hududida qurgan Gateway stansiyalari orqali qo‘shni davlatlar uchun sun’iy yo‘ldosh interneti mavjud bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
Qozog‘iston mamlakat hududida joylashtirilgan Starlink sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasi orqali qo‘shni davlatlarni internetga ulash niyatida, dedi mamlakat sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida.
«Ushbu raqamli infratuzilma Qozog‘istonga mintaqaviy raqamli bog‘liqlikni ta’minlashda yetakchi rolini kuchaytirish imkonini beradi. Starlink Qozog‘iston hududida qurgan Gateway stansiyalari orqali qo‘shni davlatlar uchun sun’iy yo‘ldosh interneti mavjud bo‘ladi. Masalan, Tojikiston uchun trafik joriy yilda boradi. Navbatda Mo‘g‘uliston va Qirg‘iziston. Transkaspiy optik tolali aloqa liniyasi bo‘yicha O‘zbekiston allaqachon ofteyk shartnomalarini taklif qilmoqda», dedi u.
Starlink - dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi. Tarmoq dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropaning aksariyat mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning bir qismi va Osiyoda faoliyat yuritadi. Markaziy Osiyoda Starlink interneti ishlatilgan birinchi davlat Qozog‘iston bo‘ldi.
Tojikiston 2026 yil fevral oyida Markaziy Osiyoda bunday imkoniyatga ega ikkinchi davlat bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
20:54 / 27.02.2026
Qozog‘istonda sobiq amaldorlarning Epshteyn bilan ehtimoliy aloqalari tekshiriladi
09:54 / 27.02.2026
Qozog‘istonda «Osh markazi»da portlash: olti kishi halok bo‘ldi
15:22 / 25.02.2026