Jahon | 15:20 / 03.11.2020
34081
2 daqiqa o‘qiladi

JSST pandemiyaning og‘ir bosqichi boshlanayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdi

JSST vakili hatto koronavirusga qarshi vaksina va davolash vositalari paydo bo‘lganida ham uni faqat qator shartlarga rioya qilish orqali yengish mumkinligini ta'kidladi.

Foto: TASS

Yaqin bir necha oy davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘ir bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich ma'lum qildi.

«Global kesimda pandemiyaning og‘ir bosqichida turibmiz, ayniqsa, Shimoliy yarimsharda», — dedi u.

Vuynovichning qayd etishicha, COVID-19ga chalinish holatlari soni o‘sishda davom etmoqda. U hatto koronavirusga qarshi vaksina va davolash vositalari paydo bo‘lganida ham uni faqat qator shartlarga rioya qilish orqali yengish mumkinligini ta'kidladi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreisus COVID-19 bo‘yicha vaziyat og‘irlashgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

JSST ma'lumotiga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bo‘yicha 440,5 mingta holat aniqlangan, kasallik yuqtirganlar soni 46 mln kishidan oshgan. Pandemiya boshlanganidan buyon 1,2 mln kishi vafot etgan, jumladan oxirgi sutkada 5,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.  

Mavzuga oid