Jahon | 12:59 / 04.11.2020
6794
1 daqiqa o‘qiladi

Izmirda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Bu ushbu mintaqada yuz bergan kuchli zilziladan olti kun o‘tib yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sabah gazetasi.

Foto: Reuters

Gazetaning yozishicha, qidiruvlar vayron bo‘lgan 17ta uy joylashgan yerda to‘xtagan. Kutilishicha, yaqin vaqt ichida texnika vayronalarni tozalash ishlarini boshlaydi.

30 oktabr kuni Egey dengizida 7,0 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila markazi Turkiyaning Izmir shahridan 34 kilometr va Gretsiyaning Neon-Karlovasi hududidan 14 kilometr masofada qayd etildi.

Izmirda 41ta bino butunlay vayron bo‘ldi, 1041ta binoga qisman zarar yetdi. 114 kishi halok bo‘ldi. Zilzila kichik sunamini ham keltirib chiqardi. Turkiyaning boshqa shaharlari, xususan, Istanbulda ham yer silkinishi kuchi sezildi.

Samosdagi Neon-Karlovasi shahrida qator inshootlar qulab tushdi. Oroldagi boshqa binolar ham jiddiy zarar ko‘rdi. Zilzila Afinada ham sezilgan. Samosda ikki kishi halok bo‘ldi va 20 kishi jarohat oldi. U yerda yarim yilga favqulodda holat rejimi e'lon qilindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid