O‘zbekiston | 13:01 / 05.11.2020
21065
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda mamlakat hududida kamdan kam kuzatiladigan o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Yong‘in viloyatning Qamashi tumani hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligining «Igri suv-2» bo‘limida sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘rmonning 5 gektar qismiga zarar yetkazgan. Oqibatda o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simliklar va hayvonot olamiga katta talafot yetgan. Jumladan, taxminan 500-600 ta Zarafshon archalari yonib ketgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi, ko‘rilgan zarar miqdori ayni vaqtda hisoblab chiqilmoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in o‘chirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid