Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ilk bor “Formula-1” bosqichi o‘tkaziladi
Saudiya Arabistoni 2021 yilda tarixda birinchi marta “Formula-1” bosqichini qabul qiladi.
Ushbu bosqich 2021 yil noyabrida Jidda shahri ko‘chalarida tungi vaqtda o‘tkaziladi.
“Biz Saudiya Arabistonini “Formula-1”da qarshilashdan xursandmiz. Saudiya Arabistoni tez sur'atlarda dunyo sporti va ko‘ngilochish markazlaridan biriga aylanmoqda. Bu yerda oxirgi yillarda ko‘plab yirik tadbirlar o‘tkazilgan. Keyingi yildan bu yerda “Formula-1” poygalari o‘tkazilishidan mamnunmiz. Bu mintaqa biz uchun juda muhim. Saudiya Arabistoni aholisining 70 foizini 30 yoshdan kichiklar tashkil qilishi hisobga olinsa, biz “Formula-1”ga yangi muxlislarni jalb qilishdan, butun dunyodagi tomoshabinlarimizga esa boy tarixga ega joyda o‘tkaziladigan qiziqarli poygalarni namoyish qilishdan xursandmiz”, deb ta'kidlab o‘tgan poygalarning ijrochi direktori Cheyz Keri.
“Formula-1”da Bahrayn va Singapur bosqichlari ham tungi vaqtda o‘tkaziladi.
Ayni vaqtda “Formula-1”ning keyingi mavsum uchun poygalar jadvali hali e'lon qilinmagan, biroq poygalar rahbariyati uni yaqin orada e'lon qilishga va'da bergan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026