Jahon | 21:18 / 10.11.2020
4373
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Pfizer va BioNTech vaksinalaridan 300 mln doza sotib olmoqchi

Yevrokomissiya avvalroq AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalarini sotib olish bo‘yicha ular bilan shartnoma imzolagan hamda CureVac va Moderna kompaniyalari bilan dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Foto: BioNTech

YeI hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksinadan 300 mln doza sotib olish uchun shartnoma imzolaydi. 

 Shartnoma shartlariga ko‘ra, YeI yana 100 mln doza vaksina sotib olish ehtimoli bilan 200 mln doza vaksinaga buyurtma beradi.

Yevrokomissiya (YeK) vakillari Pfizer va BioNTech bilan muzokaralar yakuniga yetganini bildirgan.

YeK avvalroq AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalarini sotib olish bo‘yicha ular bilan shartnoma imzolagan hamda CureVac va Moderna kompaniyalari bilan dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Vaksina ishlab chiqishda Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan AQShning Pfizer kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi sinov vaqtida 90 foizdan ortiq samaradorlik namoyish etganini xabar qilgan.

Mavzuga oid