Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiya bilan birga Qorabog‘da yarashuvga amal qilinishini nazorat qiladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rosssiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan suhbatda Anqara Tog‘li Qorabog‘da yarashuvga amal qilinishini nazorat qilishda ishtirok etishini ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an suhbat davomida Qorabog‘dagi ixtilofni to‘xtatish haqida qabul qilingan kelishuvni to‘g‘ri qadam deb aytgan. Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda eng muhim masala Armaniston tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi va kelishuv doirasidagi boshqa majburiyatlarga amal qilishi hisoblanadi.
“Turkiya Rossiya bilan birga Qorabog‘ning ozod etilgan tumanlarida o‘t ochishni to‘xtatish ortidan kuzatuv olib borishda ishtirok etadi”, deb keltirgan Erdo‘g‘an so‘zlarini TRT Haber turk telekanali.
Ta'kidlanishicha, yarashuv ortidan kuzatuv Ozarboyjon hududida tashkil etiladigan Rossiya-Turkiya qo‘shma markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ikki yetakchi suhbat davomida Rossiya va Turkiyaning Suriyadagi munosabatlarini muhokama qilgan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligida turk harbiylari Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar missiyasida bevosita ishtirok etmasligi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, Anqaraning missiyadagi roli Rossiya va Turkiyaning o‘t ochishni to‘xtatish ortidan kuzatish markazi doirasida cheklanadi.
Mavzuga oid
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026