Bokudagi sud Armaniston fuqarosi, tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasining sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyanni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 17 fevral kuni Ozarboyjon OAV xabar berdi. Avvalroq davlat ayblovçisi unga umrbod qamoq jazosini söragan edi.
Sud Vardanyanni Ozarboyjon Jinoyat kodeksining bir qator moddalari, jumladan, tajovuzkor uruşni rejalaştiriş va olib boriş, aholini deportatsiya qiliş va majburiy köçiriş, ta’qib qiliş, noqonuniy ozodlikdan mahrum qiliş, qiynoqlar, yollaniş, uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş, terrorizm va terrorizmni moliyalaştiriş, jinoiy uyuşma tuziş, noqonuniy qurol savdosi, aviatsiya xavfsizligiga tahdid qiliş, hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş, noqonuniy qurolli tuzilmalar tuziş va davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş kabi moddalar böyiça aybdor deb topdi.
2023 yil sentabr oyida Ozarboyjon tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi hududida harbiy operatsiya ötkazdi. Oqibatda qurolli tuzilmalar qurolsizlantirildi, mintaqaning bir qator sobiq rahbarlari Ozarboyjon tomonidan qölga olindi. Hibsga olinganlar orasida davlat vaziri lavozimida işlagan Vardanyan ham bor edi.
5 fevral kuni Bokudagi harbiy sud Toğli Qoraboğ Respublikasining sobiq rahbarlariga nisbatan ham hukm çiqargan edi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, Arayik Arutyunyan (tan olinmagan respublika prezidenti), Levon Mnatsakanyan (armiya qömondoni), David Manukyan (armiya qömondoni örinbosari), David Işxanyan (parlament raisi) va David Babayan (TIV rahbari) umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.














