Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Shuningdek, yana bir qancha rahbar uzoq muddatli qamoq jazosini oldi. Ular turli jinoyatlarda, jumladan, genotsid va terrorizmda ayblandi.
Foto: APA
Ozarboyjon poytaxti Bokudagi harbiy sud Tog‘li Qorabog‘ respublikasining sobiq rahbarlariga nisbatan hukm chiqardi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Arayik Arutyunyan (tan olinmagan respublika prezidenti), Levon Mnatsakanyan (armiya qo‘mondoni), David Manukyan (armiya qo‘mondoni o‘rinbosari), David Ishxanyan (parlament raisi) va David Babayan (TIV rahbari) umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ular Armanistonning Ozarboyjonga qarshi harbiy tajovuzi oqibatida tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, jumladan, tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rish va olib borish, genotsid, urush qonunlari va urf-odatlarini buzish, shuningdek, terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish, uni zo‘ravonlik bilan ushlab turish va boshqa ko‘plab jinoyatlarda ayblandi.
Tog‘li Qorabog‘ning yana ikki sobiq amaldori Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qayd etilishicha, Gukasyan va Saakyan allaqachon 65 yoshga to‘lgan, shuning uchun Ozarboyjon qonunchiligiga ko‘ra, ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek, Madat Babayan va Melikset Pashayan (19 yildan), Garik Martirosyan (18 yil), David Alaverdyan (16 yil), Vasiliy Beglaryan, Gurgen Stepanyan va Erik Kazaryanga (15 yildan) ham hukm chiqarilgan.
Ozarboyjon 2023 yil sentabr oyida Tog‘li Qorabog‘ (Arsax) rahbariyati vakillarini Ozarboyjon armiyasi hujumidan keyin butun arman aholisi bilan mintaqani tark etishga urinayotganda qo‘lga oldi. Ular turli jinoyatlarda, jumladan, genotsid va terrorizmda ayblangan. Bokuda jami 16 kishi, jumladan, sobiq davlat vaziri, milliarder va xayriyachi Ruben Vardanyan sud mahkamasiga tortildi. U alohida sudlanmoqda.
Mavzuga oid
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
20:54 / 12.01.2026