Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy savdosi to‘xtatib qolindi
Ko‘p hollarda sifati kafolatlanmagan yoki shifokor maslahatisiz ichilgan biologik faol qo‘shimchalar inson organizmining yurak-qon tomir va asab tizimlariga zarar yetkazishi hamda ichki organlarning yaralanishiga olib kelishi mumkin. Biroq ayrim kimsalar tomonidan o‘z manfaatini o‘zgalarning sog‘ligidan ustun qo‘yib, ana shunday sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni respublikaga olib kirish va sotish holatlari uchrab turibdi.
Jizzax viloyati Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda shunga o‘xshash holatning oldini olishdi.
Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro U.Z. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 40 million so‘mlik biofaol qo‘shimchalarni sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025