O‘zbekiston | 10:44 / 13.11.2020
12252
1 daqiqa o‘qiladi

Tijorat banklarida dollar kursi oshdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 13 noyabr, juma kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Bir qator banklarda dollar olish 10 360 - 10 390 so‘mdan, sotish 10 430 so‘mdan taklif etilmoqda. So‘nggi marta banklarda dollar kursi noyabr oyi boshida ko‘tarilgandi (olish - 10 340 so‘m, sotish - 10 410 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 10 noyabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,02 so‘mga oshgan va bir dollar 10 378,88 so‘mni tashkil qildi.

Mavzuga oid