Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘oniston va Iroqda 2,5 mingdan harbiy qoldiradi
AQSh Afg‘oniston va Iroqda 2,5 minggacha harbiy qoldiradi. 15 yanvargacha Afg‘onistondan 2 ming, Iroqdan esa 500 harbiy olib chiqilishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Afg‘onistonda 4,5 ming, Iroqda esa 3 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmat olib bormoqda.
“Prezident Trampning farmoyishi va kuchlarni qayta guruhlash rejasiga ko‘ra, 2021 yil 15 yanvargacha Afg‘onistondagi kuchlarimiz 2,5 ming kishini, Iroqdagi ham 2,5 ming kishini tashkil qiladi”, deb ma'lum qilgan AQSh mudofaa vaziri lavozimini bajarayotgan Kristofer Miller.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘oniston va Iroqdagi barcha harbiylar 2021 yil may oyigacha qaytishiga umid bildirgan.
“Prezident Tramp may oyigacha ularning barchasi sog‘-salomat va to‘liq hajmda uyga qaytishlariga umid qilmoqda”, deb ma'lum qilgan Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayyen.
Uning ta'kidlashicha, Afg‘oniston va Iroqda qoladigan harbiylar AQSh diplomatik vakolatxonalari va hukumat obektlari himoyasini ta'minlaydi.
7 oktyabrda Tramp Afg‘onistondagi barcha harbiylar 25 dekabrgacha AQShga qaytishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026