Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samoada birinchi kasallanish holati qayd etildi
Tinch okeanida joylashgan mitti davlat Samoada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi.
Orol davlat bosh vaziri Tuilaepu Sailele Maliyelegaoining ma'lum qilishicha, infeksiya Samoaga Yangi Zelandiyaning Oklend shahridan kelgan dengizchida aniqlangan.
Uning majburiy karantinni o‘tagan vaqtida topshirgan testi musbat chiqqan. Shu bilan birga, bemor yana bitta test topshirgan, biroq uning natijasi manfiy chiqqan.
“U standart tartibotga ko‘ra, darhol yakkalandi. Ikkinchi test ertalab soat 6da o‘tkazilgan va manfiy chiqqan”, deb ma'lum qilgan Samoa bosh vaziri.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda bemor shifoxonada yakkalangan holda saqlanmoqda.
Samoa bungacha koronavirus qayd qilinmagan dunyodagi oz davlatlardan biri bo‘lib qolayotgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
14:28 / 17.12.2020
Tokioda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta eng yuqori xatar darajasi e'lon qilindi
23:56 / 16.12.2020
Mayk Pompeo karantinga ketdi
19:11 / 16.12.2020