Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropada 2021 yil boshida koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi
JSST jamoatchilikni befarq bo‘lmaslikka va bayramlar arafasida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rojdestvo va yangi yil bayramlari nishonlanishi sababli 2021 yil boshida Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori ekanligini ma'lum qildi.
"2021 yilning dastlabki haftalari va oylarida koronavirus tarqalishining yuqori xavfi mavjud va buning oldini olishni istasak, birgalikda ishlashimiz zarur", - deyiladi JSSTning Yevropadagi bo‘linmasi bayonotida.
Ta'kidlanishicha, Yevropa hududida koronavirusning keng miqyosda tarqalishi davom etmoqda.
JSST jamoatchilikni befarq bo‘lmaslikka va bayramlar arafasida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ekspertlar rojdestvo va yangi yilni ko‘chada nishonlashni, bayram ishtirokchilariga esa niqob taqish hamda ijtimoiy masofa saqlashni maslahat bergan.
Bino ichida bayram nishonlashda esa mehmonlar soni cheklanishi kerakligi tavsiya qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
23:35 / 06.06.2026
Pentagon rahbari Yevropani migrantlar «bosqini»ni to‘xtatishga chaqirdi
20:58 / 26.05.2026