O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarga kamaydi
2020 yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 30 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,2 mlrd AQSh dollariga yoki 12,4 foizga kamaydi.
TSAda eksport hajmi 13,3 mlrd AQSh dollariga (7,4 foizga kamaydi) va import hajmi 16,7 mlrd AQSh dollariga (16,0 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida 3,4 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 160dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (17,1 foiz), Rossiyada (15,1 foiz), Qozog‘istonda (7,7 foiz), Koreya Respublikasida (5,9 foiz), Turkiyada (5,5 foiz), Qirg‘izistonda (2,4 foiz) va Germaniyada (2,1 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor davlatlar orasidan beshta davlat bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (607,7 mln AQSh dollari), Qirg‘iziston (508,4 mln AQSh dollari), Tojikiston (242,3 mln AQSh dollari) va Eron (40,9 mln AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
16:02 / 23.09.2024