Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir mamlakat Iroqqa askarlarini kiritadi
Niderlandiya shimoliy Iroq hamda BMTning Malida joylashgan tinchlikparvar kuchlari MINUSMA'ga harbiy yordam ko‘rsatishini ma'lum qildi.
Niderlandiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 150 nafargacha askar shimoliy Iroqdagi Arbil xalqaro aeroportini himoya qilishga jalb etiladi. IShID terroristik tashkilotiga qarshi xalqaro koalitsiya kuchlari tarkibiga kiritiladigan askarlarning birinchi qismi 2021 yil yanvar oyida jo‘nab ketishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, bayonotda Malidagi BMTning MINUSMA tinchlikparvar kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 130 nafargacha askar yangi S-130 transport samolyotlari yordamida yuborilishi qayd etilgan. Niderlandiya Maliga 2021 yil noyabrdan boshlab 6 oy davomida harbiy yordam ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026