O‘zbekiston | 12:58 / 25.11.2020
32059
2 daqiqa o‘qiladi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Trailblazer avtomobili xarid qilgani ma'lum bo‘ldi

Exarid.uz portali ma'lumotlariga ko‘ra “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020 yilning may oyida Trailblazer LTZ AT avtomobili xarid qilingan va buning uchun 398 mln so‘m mablag‘ sarflangan.

Bu ma'lumot bo‘yicha izoh olish uchun jamiyat matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev bilan bog‘landik:

– Jamiyatimiz ehtiyojlari uchun Trailblazer avtomobili xarid qilingani rost. Lekin bu avtomobil aynan qancha mablag‘ evaziga sotib olinganidan bexabarman. Bu avtomobil hozir o‘zimizda turibdi. Bu avtomobil uzoq manzillarga xizmat safarlari uchun mo‘ljallangan. Jumladan Sirdaryo, Sardobada amalga oshirilgan ishlarda undan foydalanildi.

Ma'lumot uchun: 24 noyabr kuni OAV uchun ayni shu jamiyat tomonidan uyushtirilgan press-turda Hududiy elektr tarmoqlari AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etayotgani, bu holat sohaga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatayotganini bildirgan.

Mavzuga oid