Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda yangi tibbiyot muassasalari quriladi
2020 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik forumidagi ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlarini ko‘rib chiqqan. Koreya tomoni siyosat, savdo, investitsiya, moliya, AKT, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik sur'atiga yuqori baho bergani aytilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalariga e'tibor qaratilib, O‘zbekistonda yangi tibbiyot muassasalarini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni ko‘rib chiqildi.
Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
20:47 / 03.05.2026
Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025