Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida yana pastladi
FIFA noyabr oyidagi o‘yinlar yakuniga ko‘ra, milliy jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.
2019 yilning oktabr oyida 88-o‘rindan 85-o‘ringa ko‘tarilgan O‘zbekiston milliy jamoasi 12 oy davomida 85-o‘rinda qolgandi. Joriy yilning oktabr oyida esa Eron (1:2) va BAAga (2:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida bir mag‘lubiyat va bir g‘alabaga erishgan vakillarimiz oktabr oyida nihoyat bir pog‘ona yuqorilab, 84-o‘rinda qayd etilgan.
Vadim Abramov boshqaruvidagi milliy jamoamiz noyabr oyida BAAda Suriya (0:1) va Iroq (1:2) milliy jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragani tufayli FIFA reytingida yana avvalgi o‘rniga qaytgan. Bir o‘ringa pastlab, 84-o‘rindan 85-pog‘onaga tushgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi Yaponiya (27), Eron (29), Janubiy Koreya (38), Avstraliya (41), Qatar (59), Saudiya Arabistoni (67), Iroq (69), BAA (74), Xitoy (75), Suriya (76), Ummon (82) milliy jamoalardan keyin Osiyoda 12-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston milliy jamoasini mag‘lub etgan Suriya uch o‘rin, Iroq esa bir o‘ringa yuqorilagan.
Umumiy reytingda peshqadamlar to‘rtligi o‘zgarmagan - Belgiya, Fransiya, Braziliya va Angliya.
FIFA noyabr oyi reytingi o‘nligi:
1 (1). Belgiya – 1780 ochko;
2 (2). Fransiya – 1755;
3 (3). Braziliya – 1743;
4 (4). Angliya – 1670;
5 (5). Portugaliya – 1662;
6 (6). Ispaniya – 1645;
7 (8). Argentina – 1642;
8 (7). Urugvay – 1639;
9 (11). Meksika – 1632;
10 (12). Italiya – 1625;
Mavzuga oid
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
02:23 / 09.06.2026
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
22:26 / 03.06.2026