Afg‘onistondagi teraktda 20 nafar harbiy halok bo‘ldi
Afg‘onistonning G‘azni shahrida qurolli kuchlar bazasi yaqinida sodir etilgan portlashda kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi. Qurbonlarning aksariyati harbiylar bo‘lgan.
Hujum vaqtida avtomobil ichida joylashtirilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Buning oqibatida 20 harbiy halok bo‘lgan.
زابل - موتر عطاجان حقبیان، رییس شورای ولایتی زابل پس از حملۀ انتحاری در شهر قلات این ولایت.
— TOLOnews (@TOLOnews) November 29, 2020
آقای حقبیان و سه تن دیگر در این حمله زخم برداشتهاند. pic.twitter.com/RZsAd47vpG
Shuningdek, Zabul viloyati poytaxti Qalat shahri yaqinida yana bir portlash sodir etilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala holatda ham portlovchi qurilmalarni xudkushlar harakatga keltirgan. Zabuldagi portlashda 4 kishi, jumladan mahalliy kengash raisi Otajon Haqbayon yaralangan.
Ikkala hujum uchun ham hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Afg‘onistonda AQSh harbiylarining to‘liq olib chiqilishi va afg‘onlararo muzokaralar o‘tayotgani ortida mamlakatda hujumlar va teraktlar tez-tez sodir etilmoqda. 2 hafta avval G‘aznidagi turar joy hududlarining minomyotdan o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi, 7 kishi yaralangandi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi 3 oy ichida hujumlar oqibatida 200dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 400dan ko‘prog‘i yaralangan.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
18:25 / 03.10.2024
«Krokus» ishiga aloqador shaxslar yana bir teraktni tayyorlashda ayblandi
23:22 / 24.09.2024