AQShda Hyundai’ga 54 million dollar jarima solindi
AQShda Hyundai Motor konserni nuqsonli motorlarga ega 1,5 mlnta avtomobilni yetkazgani uchun 54 mln dollar jarimaga tortildi.
AQShning Yo‘llarda harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHTSA) Janubiy Koreya kompaniyasining Theta II dvigatellaridagi nuqsonni 2017 yilda aniqlagan. Ushbu muammo oqibatida Hyundai’ning Sonata, Santa Fe, Tucson modellari va Kia’ning Optima, Sorento, Sportage modellari, jami 1,5 millionta mashina qaytarib olingan.
Hyundai barcha qaytarilgan avtomobillardagi nosoz dvigatellarni bepul almashtirib berishiga to‘g‘ri kelgan va bu jarayon endigina yakunlandi. Hyundai nuqsonni bartaraf etish xarajatlari va mashina egalariga kompensatsiya to‘lovlaridan tashqari, 54 mln dollar jarima to‘lashi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun 40 mln dollar investitsiya kiritishi lozim.
NHTSA koreys kompaniyasi kelishuv shartlarini buzayotganini aniqlasa, unda jarima qiymati 54 mln dollardan 100 mln dollargacha oshadi.
Umumiy hisobda dvigatellardagi muammo kompaniyaga 3 mlrd dollarga aylanadi. Tahlilchilarning fikricha, aksiyalar narxi tushishi va obro‘ga putur yetishi oqibatida ziyon 5 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
12:12
AQShdagi asr qotilligi – prezident Jon Kennedi qanday o‘ldirilgandi?
22:10 / 28.11.2024
Kaliforniyada 540 milliard dollarlik «oq oltin» zaxirasi topildi
20:50 / 28.11.2024
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
18:24 / 28.11.2024