Jahon | 07:57 / 02.12.2020
7680
2 daqiqa o‘qiladi

Nikolas Maduro iste'foga chiqishga tayyorligini ma'lum qildi 

Foto: AP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda o‘tadigan parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozonsa iste'foga chiqishga tayyorligini ma'lum qildi. Maduro bu haqda Karakasdagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi. 

“Agar muxolifat g‘alaba qozonsa, prezident lavozimidan ketaman”, deb aytgan Maduro.

Venesuelaning bir palatali parlamenti – Milliy assambleyaga saylovlar 6 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Unda 107ta partiya va siyosiy birlashmalar ishtirok etadi. Sobiq spiker va o‘zini prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydoning partiyasi saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortdi. 

Xuan Guaydo 2019 yil yanvarda o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qilgandi. O‘shanda mamlakatda og‘ir iqtisodiy vaziyat sababli ommaviy noroziliklar boshlangandi. Bir nechta davlat, jumladan AQSh Guaydoni Venesuela rahbari deb tan olgan.

58 yoshli Maduro 2013 yildan beri prezident lavozimini egallab keladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid