Tramp 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi oldidagi chiqishida 2020 yilgi saylovlarda g‘alaba qozona olmasa, unda ular bilan “4 yildan keyin yana uchrashishini” aytdi. Avvalroq OAVda Tramp 2024 yilgi prezident saylovlariga nomzodini qo‘ymoqchiligi ma'lum qilingandi.
“Bu ajoyib 4 yil bo‘ldi. Biz yana 4 yil bo‘lishi uchun harakat qilmoqdamiz. Agar buning uddasidan chiqmasak, unda siz bilan 4 yildan keyin uchrashamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
Avvalroq The New York Times nashri Tramp saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Baydenning g‘alabasi tasdiqlansa, 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
AQShda noyabrda o‘tgan saylovlarning rasmiy natijalari hali e'lon qilinmadi. OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden prezident bo‘lish uchun yetarlicha ovoz to‘plagan. Biroq amaldagi prezident Donald Tramp raqibining g‘alabasini tan olmayapti va muhim shtatlarda ovoz berish natijalari bo‘yicha da'volashmoqda.
Mavzuga oid
13:20 / 07.10.2024
Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan joyda nutq so‘zladi
10:20 / 07.10.2024
NYT Tramp va Putin Ukraina bo‘yicha birinchi muhokamani qachon o‘tkazganini ochiqladi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
15:21 / 06.10.2024