Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHTning yangi bosh kotibi germaniyalik diplomat Xelga Shmid bo‘ladi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yangi bosh kotibi Germaniya vakili Xelga Shmid bo‘ladi. U bu lavozimni keyingi 3 yil davomida egallaydi.
Xelga Shmidning ushbu lavozimga tayinlanishi haqida YeXHTning amaldagi raisi, Albaniya bosh vaziri Edi Rama YeXHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 27-yig‘ilishida ma'lum qildi.
“Men bizda yangi rahbarlarni tayinlash uchun barchasi tayyorligidan xursandman. Bosh kotib Xelga Shmid, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro direktori Matteo Mekachchi, OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakil Tereza Ribeyru, Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissar Qayrat Abdrahmonov bo‘ladi”, deb ma'lum qilgan Rama.
Ular 3 yillik muddatga tayinlanadilar. Eddi Rama yangi hamkasblarining professional ekaniga ishonchi komilligini aytgan va barchani ularga yordam berishga chaqirgan.
YeXHT raisi tashkilot malakali rahbariyatga ehtiyoj sezayotganini, chunki YeXHT sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi uchun unga ishonchni mustahkamlash zarurligini qo‘shimcha qilgan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, Xelga Shmid YeXHT bosh kotibi lavozimini egallaydigan birinchi ayol bo‘ladi. Shmid 2016 yildan Yevropaning xalqaro masalalar xizmati bosh kotibi lavozimini egallab kelgan. Bungacha u Eron yadro muammosi bo‘yicha Harakatlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarda faol ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025