O‘zbekiston | 09:51 / 05.12.2020
6773
1 daqiqa o‘qiladi
Eng ko‘p oilaviy korxona qaysi hududda tashkil etilgani ma'lum bo‘ldi
2020 yilning yanvar–noyabr oylarida 16 540 ta oilaviy korxona yangi tashkil etilib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 1 dekabr holatiga 41 749 tani tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni Surxondaryo (3 781 ta), Samarqand (2 486 ta) hamda Andijon (1 373 ta) viloyatlarida qayd etildi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan jami oilaviy korxonalar soni 2019 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2 barobarga yoki 57,6 foizga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p ulush qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024
Husanov, Yamal, Guler, Maynu - IFFHS yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlarni ma’lum qildi
10:30 / 20.10.2024
2024 yil 9 oyda metroda qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi
13:47 / 19.10.2024