Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida o‘ynaladigan eng yaxshi stol o‘yinlari taklif qilindi
New scientist jurnali bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun aqlni charxlaydigan eng foydali stol o‘yinlarini taklif qildi. Taqdim qilinayotgan o‘yinlarga texnika aralashmagan, ular juda oddiy – karton bo‘laklaridan yasalgan. Shunga qaramay, ularning ko‘pi murakkab, esda qolarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tarixiy, siyosiy, ilmiy, lingvistik va ijtimoiy-texnologik mavzularga qiziquvchilar uchun ham o‘yinlar bor.
Tabiat va biologiyani sevuvchilar uchun

Bunday o‘yinlardan eng mashhuri Wingspan – noyob qushlarni to‘plash o‘yinidir. O‘yin Elizabet Vingspan tomonidan yaratilgan. Unda ishtirokchilar zaxira to‘plash uchun noyob qushlarni jalb qilishlari kerak bo‘ladi. Qushlar noyob qobiliyatlarga ega bo‘lgan va turli xil muhitda to‘da bo‘lib yashaydilar.
Dominant turlar o‘yini

Dominant turlar (Dominant Species) o‘yinida ishtirokchi kuchli hayvon turlarining yashab qolishiga yordam beradi. O‘yinda ishtirokchilar kuchli jonivor turlari muzlik davrigacha hukmron guruh bo‘lib qolishi uchun kurashadilar.
Iqlim o‘zgarishini hal qila olasizmi?

Foydali o‘yin turlaridan biri – «CO2 Ikkinchi imkoniyat» (CO2 Second Chance) deb nomlanadi. O‘yinda iqlim o‘zgarishi asosiy masala sifatida o‘rtaga qo‘yiladi. Ishtirokchilar energetika kompaniyasi egalari bo‘lib, uglerod kreditlarini sotish va tabiatni zaharlamaydigan elektr stansiyalarini qurish orqali bozor ulushi uchun raqobatlashadilar. Bunda ishtirokchilar beixtiyor iqlim o‘zgarishi muammosi haqida real yechimlar o‘ylay boshlaydi.
«Pandemiya»

Butun dunyo bo‘ylab kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashadigan jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin «Pandemiya» (Pandemic) deb nomlanadi. Bunda ishtirokchilar birgalikda yutadilar yoki yutqazadilar. O‘yin taxtasi va qoidalari 12 oy davomida qaytarib bo‘lmaydigan darajada rivojlanib boradi.
«Iste'mol»

«Iste'mol» (Consumption) – lokdaun sharotida yashashni rejalashtirish o‘yini. Ishtirokchilar oziq-ovqat xarid qilishi, retseptlar tayyorlashi va hatto yog‘li mahsulotlarni yoqib yuborishi mumkin. Ishtirokchi oziq-ovqat chiqindilarini minimallashtirish uchun tartibli ovqatlanish va faol turmush tarziga amal qilsagina g‘alaba qozonadi.
Yangi sayyora izlash o‘yini

Koinot ishqibozlari, yosh astronomlar yoki Yer va undagi yuqumli kasalliklaridan qochishni istaganlar «Noma'lum sayyorani qidirish» (The Search for Planet-X) o‘yinidan zavqlanishi mumkin. Ishtirokchi Quyosh sistemasidagi sirli sayyorani qidiruvchi fazogir bo‘ladi. O‘yinchilar koinotni kuzatadilar, tadqiqot o‘tkazadilar, nazariyalarni nashr etadilar va bir-birlarining harakatlarini qayt etib boradilar.
Fazoviy vazifa

«Yuqori chegara» (High Frontier) o‘yini parvoz muhandislari uchun fazoviy vazifani rejalashtirish va bajarishga turtki bo‘ladi. O‘yinda hisob-kitoblarni juda yaxshi bilish va murakkab rejalarni tushuna olish muhim.
Marsni yashaydigan holga keltirish

«Marsni o‘zgartirish» (Terraforming Mars) o‘yinida ishtirokchi kosmik tashabbuskor bo‘lishi kerak. Ya'ni, bunda ishtirokchi Marsni inson yashaydigan holatga keltirishi lozim. O‘yin shartlariga sayyoraga kosmik liftlarni joylashtirish, asteroidlarini yo‘q qilish va toshni kemiradigan bakteriyalarni topib, sayyorani toshlardan tozalash kabilar kiradi.
Mavzuga oid
10:33 / 02.11.2024
Pandemiyadan keyin odamlar uydan tashqarida kamroq vaqt o‘tkazadigan bo‘ldi - tadqiqot
07:37 / 19.08.2022
V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha mukofotlanadi
20:04 / 20.06.2022
Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas – JSST rahbari
20:12 / 30.08.2021