Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas – JSST rahbari
Tedros Adanom Gebreyyesus COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalarni to‘liq bajarish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Foto: Reuters
Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.
"Biz koronavirus pandemiyasidan olgan saboqlarimizga jiddiy yondashishimiz va dunyoni pandemiyalarga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarni bajarayotganimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Biz pandemiyaning o‘rtasida turibmiz. Dunyo tayyor emas. Agar yana bir virus zarba beradigan bo‘lsa, yangi pandemiya boshlanadi, biz esa bunga tayyor turolmaymiz", - dedi u.
Gebreyyesus shuningdek, COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalarni to‘liq bajarish muhimligiga e’tibor qaratdi.
"Biz har bir mamlakatda tavsiyalarni amalga oshirish uchun juda tez harakat qilishimiz kerak va shundagina navbatdagi pandemiyaning oldini olishimiz mumkin", - deya qo‘shimcha qildi JSST rahbari.
Shu yilning aprelida dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 500 milliondan oshgandi.
Mavzuga oid
14:51 / 22.04.2026
JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
08:10 / 31.03.2026
Dunyoda faqat 13 ta mamlakat havosi xavfsiz deb topildi
10:03 / 19.03.2026