Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaliklarga mamlakatni tark etishga taqiqlov yana 3 oyga uzaytirildi
Foto: EPA-EFE
Avstraliyaliklarga koronavirusga qarshi kurash doirasida xorijga chiqish va kruiz sayohatlariga jo‘nashga taqiqlov yana 3 oyga uzaytirildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Xantga tayanib The New Daily portali xabar berdi.
Xantning ta'kidlashicha, 2015 yilda qabul qilingan bioxavfsizlik haqidagi qonunga ko‘ra, biologik xavfsizlikning favqulodda davri yana 3 oyga uzaytirildi.
Avstraliyani tark etishga avvalgi taqiqlov 17 dekabrda o‘z poyoniga yetishi kerak edi. Endilikda u kamida 17 martgacha amal qiladi.
“Avstraliya xalqaro hamjamiyat xavfsizlikda bo‘lmaguncha to‘liq xavfsizlikda bo‘lmaydi. Xorijda xavflar ulkan, agar biz ushbu muhim choralarni qo‘llab-quvvatlamasak, avstraliyaliklarni himoya qilmagan bo‘lamiz”, deb aytgan Xant.
Avstraliyada so‘nggi sutkada bitta kasallanish holati qayd etilgan. Ayni vaqtda mamlakatda 42 kishi infeksiyadan davolanmoqda. Avstraliyada koronavirus tarqalishi markazi bo‘lgan Viktoriya shtatida 39 kundan beri kasallanish holati qayd etilmagan. Mamlakatda umumiy hisobda pandemiya boshidan beri 28 ming kishi virusga chalingan, 908 kishi infeksiyadan vafot etgan.
Mavzuga oid
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025