Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Fransiya sharqidagi Savoyya departamentida bortida 6 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Voqea oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan.
Departament vakilining xabar berishicha, Fransiya navigatsiya xizmatiga tegishli vertolyot Parij vaqti bilan 8 dekabr soat 19da qulagan. Uning bortida ushbu xizmatning 4 xodimi va 2 qutqaruvchi bo‘lgan.
Vertolyot Albervil kommunasi yaqinida 1800 metr balandlikdan qulagan. Uchuvchi falokat haqida signal berishga va katapulta qilishga ulgurgan. U hozirda og‘ir ahvolda qolmoqda.
Vertolyot bortidagi odamlarni qidirishga turli xizmatlarning 40dan ko‘proq xodimi jalb qilingan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen voqea joyiga borishini aytgan va halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik, qutqaruvchilarga esa minnatdorlik bildirgan.
Mutaxassislar aviahalokat sabablarini tergov qilishga kirishib ketishgan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:32 / 13.06.2026