Jahon | 23:48 / 09.12.2020
4210
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi hayvonot bog‘ida 4ta sher koronavirus bilan zararlandi

Ispaniyaning Barselona shahridagi hayvonot bog‘ida 4ta sherda koronavirusga tahlil musbat chiqdi. 

Foto: Getty Images

Nine News nashrining xabar berishicha, sherlardan birida shamollash alomati kuzatilgandan keyin barcha sherlardan tahlil uchun surtmalar olingan.  

Tahlillar 16 yoshli 3ta urg‘ochi va 4 yoshli erkak sherda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, hayvonot bog‘ining ikki xodimida koronavirusga musbat test chiqqan. Hayvonot bog‘i rahbariyatining taxminicha, virus odamlarga hayvonlardan emas, aksincha odamlardan sherlarga yuqqan.   

“Sherlarga veterinar yordam berildi. Ularda yengil grippga o‘xshash holat kuzatilgan”, deb ma'lumot berishgan hayvonot bog‘i vakillari. Ularning ta'kidlashicha, sherlarda yo‘tal va aksirishdan tashqari barcha alomatlar 15 kundan keyin o‘tib ketgan. 

Avvalroq olimlar cho‘chqa, kalamush, qushlar kabi jonzotlarda koronavirusga immunitet borligi sababini tushuntirib berishgandi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, bu jonzotlarda ACE2 retseptorlari tahlili davomida virusning oqsil “tojlari”ga hujayralarga birikishga imkon beruvchi va buning oqibatida hujayraga kirishga to‘sqinlik qiluvchi mutatsiyalar borligi aniqlangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid