Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 yanvardan jamoat transportida to‘lov uslubi o‘zgarishi mumkin
Foto: Toshshahartransxizmat axborot xizmati
2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, naqd pul o‘rnini yagona transport kartasi egallaydi.
Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun xuddi shu ko‘rinishdagi kartalar joriy etiladi.
Avvalroq, Toshkentda yo‘lovchilar eng ko‘p va eng kam foydalangan avtobus yo‘nalishlari aytilgandi.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
15:24 / 22.11.2025
Toshkentda yo‘nalishlardagi avtobuslar yangilanmoqda
13:56 / 14.11.2025
Poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
09:43 / 13.11.2025