Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada karantin o‘rniga komendantlik soati kiritiladi
Fransiyada 15 dekabrdan koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan karantin bekor qilinib, cheklovlarni yengillashtirishning yangi bosqichiga o‘tiladi. Biroq koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli yangi choralar avval taxmin qilingandan qat'iyroq bo‘ladi. Jumladan, mamlakat bo‘ylab soat 20dan 6gacha komendantlik soati amal qiladi.
Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksning ta'kidlashicha, komendantlik soatiga rioya qilinishini 100 mingdan ko‘proq politsiyachi nazorat qiladi. Faqat Rojdestvo kechasi bundan istisno bo‘ladi, ya'ni 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi komendantlik soati amal qilmaydi. Biroq Yangi yil kechasi bundan istisno bo‘lmaydi.
Shuningdek, mamlakat ichida harakatlanishga ruxsat beriladi. Biroq muzeylar, kinoteatrlar, teatrlar cheklovlar yengillashtirilishining keyingi bosqichi boshlanishi kerak bo‘lgan 7 yanvargacha yopiq qoladi.
Karantin vaqtida uydan chiqish uchun talab qilingan hujjat 15 dekabrdan kerak bo‘lmaydi. Shu bilan birga, komendantlik soati amal qilgan vaqtda jiddiy oilaviy sabablar, tibbiy zarurat va kasbiy faoliyat bilan bog‘liq istisno holatlaridan tashqari, barcha uyida qolishi kerak bo‘ladi.
Fransiyada oktyabr oxiridan takroriy karantin amal qilib kelgandi. Uning doirasida bar, restoran, madaniy obektlar yopiq qolgan. Noyabrda karantin cheklovlarini yengillashtirish boshlanib, kiyim-kechak va kitob do‘konlari, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar ochilgan.
Ayni vaqtda Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,4 mlnga yaqinni tashkil qilmoqda, infeksiyadan 56 mingdan ko‘proq odam vafot etgan. So‘nggi sutkada mamlakatda 14 mingtadan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026