Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 31 dekabrdan komendantlik soati joriy etilmoqda
U 4 yanvarga qadar davom etadi.
Turkiya hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida 31 dekabrdan 4 yanvargacha bo‘lgan vaqtga komendantlik soati joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda dushanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada to‘rt soatlik hukumat yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Biz hozirning o‘zida avvalroq joriy etilgan cheklovlar natijalarini ko‘rishni boshladik. 31 dekabr kuni soat 21:00dan 4 yanvar kuni soat 05:00gacha komendantlik soati joriy etilmoqda», - dedi u.
30 noyabr kuni Erdo‘g‘an Turkiyada ish va dam olish kunlari soat 21:00dan 05:00gacha komendantlik soati joriy etilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, respublikada oziq-ovqat do‘konlari va savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni cheklangan. O‘z navbatida, savdo markazlariga kirgandan so‘ng, odamlar bu yerda «sog‘liqni saqlash kodlari» deb nomlangan QR kodni ko‘rsatishi shart.
Turkiyada koronavirusning dastlabki holati 10 mart kuni Yevropadan qaytib kelgan fuqaroda aniqlandi. Mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlarning umumiy soni hozirgi kunga qadar 1,8 million kishidan oshdi, 16 417 kishi vafot etdi va 1,6 million fuqaro sog‘ayib ketdi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026