O‘zbekiston | 11:56 / 18.12.2020
7326
4 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘l tumani hokimi 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobot berdi

16 dekabr kuni Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashining navbatdagi VI chaqiriq XX sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Senati a'zosi, viloyat kengashiga saylangan deputatlar, tuman kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tumandagi bo‘lim, korxona, idora va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davlat rahbarining topshirig‘iga asosan xalq deputatlari mahalliy kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlarida tuman, shahar va viloyat hokimlarining 2020 yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilga belgilangan vazifalar murojaati yuzasidan o‘tkazildi.

Yangiyo‘l tumani hokimining ma'ruzasi tinglanishini inobatga olib, bu galgi sessiyaga «4-O‘zbekiston» saylov okrugidan saylangan deputat Baxodirov Jaxongir Botiraliyevich raislik qildi. 

Sessiya ochilgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Sessiyani olib borish uchun 5 kishidan iborat hay'at a'zolari saylab olindi. Bular:

  • Kengash raisi sifatida «13-Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat tuman hokimi Yalgashev Ulug‘bek O‘sarovich nomzodi;
  • «4-O‘zbekiston» saylov okrugidan saylangan deputat Baxodirov Jaxongir Botiraliyevich nomzodi;
  • Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi – «23-Darxon» saylov okrugidan saylangan deputat Najmiddin Juraboyev nomzodi;
  • «Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi – «26-Xaqiqat» saylov okrugidan saylangan deputat Muborak Mirzaxanov nomzodi;
  • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiya raisi «25-Sho‘ralisoy» saylov okrugidan saylangan deputat Djabborov Raxmonali Maqsudovich nomzodi.

Sessiya kotibligiga 18-«Ahil» saylov okrugidan saylangan deputat Sharabbayeva Muxayyo Turdiyevna saylandi.

Yangiyo‘l tuman hokimining tumanni 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan murojaatidan so‘ng, mavzu yuzasidan savol-javoblarga o‘tildi.

Shundan so‘ng deputat Rasul Kusherbayev Xidraliyevich so‘zga chiqib, ko‘plab muxokamalarga sabab bo‘layotgan kommunal soha va budjet mablag‘larini sarflanishida qo‘shimcha takliflarni bildirib o‘tdi.

Sessiya muhokamasiga qo‘yilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.

Sessiyadan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda jurnalist va blogerlar tomonidan kommunal sohada, budjet mablag‘larining sarflanishida olib borilayotgan jarayonlar to‘g‘risida savollari va takliflari berildi.

Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va tibbiyot mutaxassisi tomonidan berilgan savollar yuzasidan batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, axborot makonida fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan yolg‘on ma'lumotlarni o‘rganish va javobgarliklari to‘g‘risida muhokama yuritildi.

Yangiyo‘l tuman hokimligi Axborot xizmati

Mavzuga oid