Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chili prezidenti jamoat joyida niqob taqmagani uchun jarimaga tortildi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Chili prezidenti notanish qiz bilan plyajda niqobsiz selfiga tushayotgani tasvirlangan lavha tarqalgandi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Chili prezidenti Sebastyan Pinera jamoat joyida niqob taqmagani uchun 2,5 mln peso (3,5 ming dollarga yaqin) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Valparaiso regioni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Chili prezidenti notanish qiz bilan plyajda niqobsiz selfiga tushayotgani tasvirlangan lavha tarqalgandi. Bu mamlakat bo‘ylab katta rezonans keltirib chiqardi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, Chilida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 581 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 16 ming kishi vafot etgan.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri bir necha kishilik ziyofatda qatnashganligi uchun xalqdan uzr so‘ragandi.
Mavzuga oid
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi
20:13 / 02.05.2025