Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,9 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 838,9 mln dollar to‘langan.
Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 418,6 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 1,6 mlrd dollar sarflangan.
Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 460 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 592 mln dollarga tushgan.
Mavzuga oid
15:05 / 11.05.2026
O‘zbekistonga mol go‘shti importi qisqara boshladi. Narxlar ham oshgan
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
15:21 / 21.03.2026
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
12:50 / 10.03.2026