Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Abdukarim Mirzayev Turkiyadan deportatsiya qilinmaydi
Istanbulda hibsga olingan o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyadan deportatsiya qilinmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Istanbul migratsiya boshqarmasiga asoslanib, Registon TV xabar berdi.
«Uning ozod etilishi esa vaqt masalasi», – deyiladi jurnalist ishlab kelgan telekanal axborotida.
Eslatib o‘tamiz, Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qamoqqa olingan edi. Advokatining ma'lum qilishicha, u go‘yoki «shubhali shaxslar» bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Dastlabki tekshiruvlarda mazkur gumon tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, jurnalistni Turkiyadan deportatsiya qilishga qaror qilingandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekistonda Abdukarim Mirzayevga nisbatan hech qanday ish ochilmagani va u qidiruvda emasligini ma'lum qilgan.
Ahloqiy-ma'rifiy mavzulardagi hikoyalari bilan tanilgan jurnalist ayni paytda Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti sanaladi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026